2027-yil hosili uchun puxta tayyorgarlik: Andijonda urug‘lik don tayyorlash ishlari davom etmoqda
Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari Shermuhammad Aminov boshchiligidagi ishchi guruh vodiy viloyatlarida 2026-yilda yetishtirilgan urug‘lik g‘alla maydonlari, aprobatsiya jarayonlari, urug‘lik don jamg‘arish hamda 2027-yil g‘alla hosili uchun urug‘lik don tayyorlash ishlari bilan tanishdi.
Xususan, Andijon viloyatida 2026-yil hosili uchun tender tanlovlaridan o‘tgan 243 nafar urug‘lik yetishtiruvchi subyektning 6 844 gektar maydonida urug‘lik g‘alla parvarishlandi. Vazirlik va Markazning tegishli buyruqlari asosida urug‘lik maydonlarida to‘rt marotaba monitoring o‘tkazildi. Monitoring yakunlariga ko‘ra, agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida bajarilmagani sababli 5 nafar subyektning 14 gektar maydoni yaroqsiz deb topildi va qolgan 238 nafar subyektning 6 830 gektar maydoni aprobatsiyaga qoldirildi.
O‘rganishlar davomida aprobatsiya ishlari belgilangan reja asosida tashkil etilgani qayd etildi. Jarayonlarda aprobatsiya natijalari Agrosert.uz va E-seeds onlayn platformalari orqali ochiq va shaffof tarzda rasmiylashtirildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 58 nafar urug‘lik yetishtiruvchi subyektning 923 gektar maydoni begona nav aralashmalari hamda agrotexnik talablar buzilgani sababli yaroqsiz deb topildi. Shundan so‘ng qolgan maydonlardan 19 ming tonna urug‘lik don jamg‘arish uchun g‘alla o‘rim-yig‘imiga ruxsat berildi. Viloyatdagi don korxonalarida jami 18 ming 663 tonna urug‘lik don jamg‘arildi, shuningdek, qo‘shimcha 518 tonna urug‘lik don zaxira sifatida shakllantirildi.
Ishchi guruh tomonidan 2027-yil g‘alla hosili uchun urug‘lik don tayyorlash jarayonlari ham batafsil o‘rganildi. Hozirda viloyatdagi 4 ta urug‘lik don tayyorlash korxonasida urug‘lik donni tozalash, saralash, dorilash, qadoqlash hamda sovutkichli omborlarga joylashtirish ishlari jadal sur’atlarda davom ettirilmoqda. Mazkur ishlar kelgusi yil hosili uchun sifatli urug‘lik fondini yaratish va yuqori hosildorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Photo gallery
News

Oqqo‘rg‘onda urug‘lik paxta hosili yig‘ib olinmoqda
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi Oqqo‘rg‘on elita urug‘chilik xo‘jaligida 1-yillik urug‘lik ko‘chatzoridan oilaviy terim usulida paxta hosilini yig‘ib olish jarayonlari olib borilmoqda.

O'rta Chirchiqda paxtaning elita urug‘lik maydonlarida yakka tanlov ishlari olib borilmoqda
Toshkent viloyati O’rta Chirchiq tumanidagi “O’rta Chirchiq” elita urug‘chilik xo‘jaligida paxta hosilini yig‘ib-terib olishga tayyorgarlik doirasida muhim urug‘chilik tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Navoiy viloyatida urug‘chilik ishlari davom etmoqda
Navoiy viloyati Karmana elita urug‘chilik xo‘jaligida paxta terimiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, paxta maydonlarida yo‘lakchalarni ochish hamda terim jarayonini sifatli tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

