No internet connection.
Useful information

Dorilangan urug‘lik donni maxsus sovitkichli omborlarda saqlash – sifat kafolati

Dorilangan urug‘lik donni maxsus sovitkichli omborlarda saqlash – sifat kafolati

Urug‘lik donning sifati keyingi hosilning poydevori hisoblanadi. Shu bois dorilangan urug‘lik donni maxsus sovitkichli omborlarda belgilangan tartib asosida saqlash muhim ahamiyatga ega. Bunda urug‘lik donning namligi 12–14 foizdan oshmasligi, omborxonalar esa oldindan tozalanib, dezinfeksiya qilinishi, harorat va namlikni nazorat qiluvchi uskunalar hamda shamollatish tizimi soz holatda bo‘lishi zarur. Urug‘lik don maxsus sovitkichli omborlarda +1°C dan +5°C gacha bo‘lgan haroratda saqlanadi. Haroratning keskin o‘zgarishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Qoplar maxsus tagliklarga joylashtirilib, pol, devor va shift bilan belgilangan masofalar saqlanishi urug‘likning sifatini asrashda muhim omil sanaladi. Shuningdek, tayyorlangan urug‘lik partiyalarini omborga ketma-ket joylashtirish keyinchalik ularni navbat asosida chiqarishni yengillashtiradi. Har bir urug‘lik partiyasiga ekin turi, navi, avlodi, toifasi, sinfi, partiya raqami, miqdori, qadoqlangan sanasi, dorilashda qo‘llanilgan preparat hamda mas’ul shaxs ko‘rsatilgan yorliq biriktiriladi. Saqlash davomida esa har besh kunda laboratoriya nazorati o‘tkazilib, urug‘likning namligi, harorati, unuvchanligi va fitosanitar holati muntazam kuzatib boriladi. Belgilangan talablarga to‘liq amal qilish urug‘lik donning fiziologik va biologik sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qolish, unuvchanligini yuqori darajada ta’minlash hamda kelgusi ekish mavsumi uchun sifatli urug‘lik zaxirasini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Video: https://www.youtube.com/watch?v=dpZuoCXmGEI

Share: Telegram Facebook X

News

Piskentda “Sulton” navidan 60 sentner hosil kutilmoqda
Useful information

Piskentda “Sulton” navidan 60 sentner hosil kutilmoqda

Toshkent viloyati Piskent tumanidagi “Musayeva Zarifa” fermer xo‘jaligida g‘o‘zaning “Sulton” navi yuqori agrotexnik tadbirlar asosida parvarishlanmoqda. Fermer xo‘jaligining 32 gektar maydoniga g‘o‘za “Shinjon” texnologiyasi asosida, qo‘shqator …

ODDIY YECHIM, KATTA NATIJA: QIZIL HIMOYA TO‘RLARI
Useful information

ODDIY YECHIM, KATTA NATIJA: QIZIL HIMOYA TO‘RLARI

Qishloq xo‘jaligida innovatsiya har doim ham murakkab texnologiya degani emas. Ba’zan oddiy agrotexnik yechim ham zararkunandalarga qarshi kurash samaradorligini oshirib, kimyoviy vositalardan foydalanishni kamaytirishi mumkin.