G‘o‘za va zira hamkor ekin
Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanidagi “Mirzo yangi nihollari” fermer xo‘jaligining 10 gektar maydonida g‘o‘za “Shinjon” usulida parvarishlanmoqda. Mazkur maydonning 2 gektar qismiga interkrop usulida Hindistondan keltirilgan zira urug‘i ekildi. Tajriba asosida amalga oshirilayotgan ushbu agrotexnik yondashuv ekinlar rivojida ijobiy natija bermoqda.
Ayni paytda rangli plyonka ostida ekilgan g‘o‘zalar yaxshi rivojlanish fazasiga kirib, 3–4 ta chinbarg chiqargan. 15-aprel kuni ekilgan zira nihollari ham bir tekis unib chiqib, maydonda sog‘lom rivojlanayotgani kuzatilmoqda.
Photo gallery
News

Oqqo‘rg‘onda urug‘lik paxta hosili yig‘ib olinmoqda
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi Oqqo‘rg‘on elita urug‘chilik xo‘jaligida 1-yillik urug‘lik ko‘chatzoridan oilaviy terim usulida paxta hosilini yig‘ib olish jarayonlari olib borilmoqda.

O'rta Chirchiqda paxtaning elita urug‘lik maydonlarida yakka tanlov ishlari olib borilmoqda
Toshkent viloyati O’rta Chirchiq tumanidagi “O’rta Chirchiq” elita urug‘chilik xo‘jaligida paxta hosilini yig‘ib-terib olishga tayyorgarlik doirasida muhim urug‘chilik tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Navoiy viloyatida urug‘chilik ishlari davom etmoqda
Navoiy viloyati Karmana elita urug‘chilik xo‘jaligida paxta terimiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, paxta maydonlarida yo‘lakchalarni ochish hamda terim jarayonini sifatli tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

