No internet connection.
Center news

Paxtachilikda yangi yondashuvlar o‘zining amaliy natijasini bermoqda

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, zamonaviy yondashuvlar va innovatsion texnologiyalarni o‘rganish maqsadida Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.

Paxtachilikda yangi yondashuvlar o‘zining amaliy natijasini bermoqda

Tashrif davomida dastlab Chust tumanidagi “O‘rikzor” fermer xo‘jaligiga qarashli 14 gektar paxta maydoni ko‘zdan kechirildi.

Mazkur hududda serhosil g‘o‘za navlari “Shinjon” texnologiyasi asosida 76×10 sxemada plyonka ostiga ekilgan. Sug‘orish ishlari esa zamonaviy tomchilatib sug‘orish tizimi orqali amalga oshirilmoqda. E’tiborlisi, tajriba tariqasida maydonning 9 gektarida qizil, qolgan qismida esa oq rangli plyonkadan foydalanilgan.

Qayd etilishicha, ekinlarning rivojlanish holati barqaror va qoniqarli. Vazir dala sharoitini ko‘zdan kechirar ekan, “Shinjon” texnologiyasi amaliyotda o‘z samaradorligini namoyon etayotganini alohida ta’kidladi. Shu bilan birga, mas’ullarga g‘o‘za parvarishi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.

Shuningdek, u g‘o‘zaning bir maromda rivojlanishi va yetilishini ta’minlash maqsadida ozuqa moddalaridan belgilangan me’yorlar asosida foydalanish zarurligini qayd etdi. Sug‘orish jarayonlarida agrotexnik talab va tavsiyalarga qat’iy rioya qilish, barcha ishlarni tizimli hamda hamjihatlikda tashkil etish muhimligini ta’kidladi.

Photo gallery

Share: Telegram Facebook X

News

Oqqo‘rg‘onda urug‘lik paxta hosili yig‘ib olinmoqda
Center news

Oqqo‘rg‘onda urug‘lik paxta hosili yig‘ib olinmoqda

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi Oqqo‘rg‘on elita urug‘chilik xo‘jaligida 1-yillik urug‘lik ko‘chatzoridan oilaviy terim usulida paxta hosilini yig‘ib olish jarayonlari olib borilmoqda.

Navoiy viloyatida urug‘chilik ishlari davom etmoqda
Center news

Navoiy viloyatida urug‘chilik ishlari davom etmoqda

Navoiy viloyati Karmana elita urug‘chilik xo‘jaligida paxta terimiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, paxta maydonlarida yo‘lakchalarni ochish hamda terim jarayonini sifatli tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.