2027-yil hosili uchun urug‘lik g‘alla yetishtirish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 641-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 2027-yil hosili uchun urug‘lik g‘alla yetishtirishni rejalashtirayotgan qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasida tanlov e’lon qilinmoqda.
Mazkur tanlov “E-urug’” axborot platformasi orqali 2026-yil 15-iyuldan 5-avgust soat 18:00 ga qadar onlayn shaklda o‘tkaziladi. Tanlovda ishtirok etishni istagan fermer xo‘jaliklari, klasterlar, qishloq xo‘jaligi korxonalari va boshqa manfaatdor subyektlar belgilangan muddatda platformada ro‘yxatdan o‘tishlari va zarur hujjatlarni elektron tarzda yuklashlari zarur.
Tanlovning asosiy maqsadi – 2027-yil hosili uchun sifati, navdorligi va agrotexnik talablarga javob beradigan g‘alla urug‘larini yetishtirishda ishtirok etuvchi mas’ul va tajribali subyektlarni aniqlash, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va urug‘chilik tizimini yanada takomillashtirishdan iborat.
Tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiq, tanlov yakunida g‘olib deb topilgan subyektlarga urug‘lik g‘alla yetishtirish uchun maydonlar biriktiriladi hamda ular ustidan monitoring va aprobatsiya tadbirlari olib boriladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar va platformaga kirish bo‘yicha ko‘rsatmalar “E-urug’” axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
Новости

Oqqo‘rg‘onda urug‘lik paxta hosili yig‘ib olinmoqda
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi Oqqo‘rg‘on elita urug‘chilik xo‘jaligida 1-yillik urug‘lik ko‘chatzoridan oilaviy terim usulida paxta hosilini yig‘ib olish jarayonlari olib borilmoqda.

O'rta Chirchiqda paxtaning elita urug‘lik maydonlarida yakka tanlov ishlari olib borilmoqda
Toshkent viloyati O’rta Chirchiq tumanidagi “O’rta Chirchiq” elita urug‘chilik xo‘jaligida paxta hosilini yig‘ib-terib olishga tayyorgarlik doirasida muhim urug‘chilik tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Navoiy viloyatida urug‘chilik ishlari davom etmoqda
Navoiy viloyati Karmana elita urug‘chilik xo‘jaligida paxta terimiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, paxta maydonlarida yo‘lakchalarni ochish hamda terim jarayonini sifatli tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.