APROBATSIYA SEMINARI: SIFATLI URUG‘LIK — YUQORI HOSIL POYDEVORI
Samarqand viloyati Payariq tumanidagi “Erri proo” fermer xo‘jaligida urug‘lik g‘alla aprobatsiyasiga bag‘ishlangan Respublika o‘quv-amaliy seminari bo'lib o'tdi
Seminar davomida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov urug‘chilik tizimini rivojlantirishda aprobatsiyaning muhim o‘rni haqida so‘z yuritib, hosildorlikni oshirish avvalo sifatli va navdor urug‘likka bog‘liqligini ta’kidladi. Shuningdek, mutasaddilarga urug‘lik maydonlarida qat’iy nazoratni kuchaytirish, nav tozaligini saqlash va ilg‘or tajribalarni amaliyotga keng joriy etish bo‘yicha tegishli vazifa va topshiriqlar berildi.
Фотогалерея
Новости

Oqqo‘rg‘onda urug‘lik paxta hosili yig‘ib olinmoqda
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi Oqqo‘rg‘on elita urug‘chilik xo‘jaligida 1-yillik urug‘lik ko‘chatzoridan oilaviy terim usulida paxta hosilini yig‘ib olish jarayonlari olib borilmoqda.

O'rta Chirchiqda paxtaning elita urug‘lik maydonlarida yakka tanlov ishlari olib borilmoqda
Toshkent viloyati O’rta Chirchiq tumanidagi “O’rta Chirchiq” elita urug‘chilik xo‘jaligida paxta hosilini yig‘ib-terib olishga tayyorgarlik doirasida muhim urug‘chilik tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Navoiy viloyatida urug‘chilik ishlari davom etmoqda
Navoiy viloyati Karmana elita urug‘chilik xo‘jaligida paxta terimiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, paxta maydonlarida yo‘lakchalarni ochish hamda terim jarayonini sifatli tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.



