"NAVOIY BEST SEEDS" MCHJda 4 572 tonna yuqori avlodli urug‘lik g‘alla jamg‘arildi
Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tizimidagi «NAVOIY BEST SEEDS» MCHJ tomonidan 2026-yil hosilidan yuqori avlodli urug‘lik g‘allani jamg‘arish ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Korxonada jami 4 572 tonna yuqori avlodli urug‘lik g‘alla jamg‘arilib, belgilangan tartibda saqlash omborlariga joylashtirildi.
Jamg‘arilgan urug‘liklar ayni vaqtda saralanib, dorilash va qadoqlash jarayonlaridan o‘tmoqda. Mazkur urug‘lik fondi viloyatda 2026-yil kuzgi g‘alla ekinlarini sifatli urug‘ bilan ta’minlash, yuqori hosildorlikka erishish va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Фотогалерея
Новости

Oqqo‘rg‘onda urug‘lik paxta hosili yig‘ib olinmoqda
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi Oqqo‘rg‘on elita urug‘chilik xo‘jaligida 1-yillik urug‘lik ko‘chatzoridan oilaviy terim usulida paxta hosilini yig‘ib olish jarayonlari olib borilmoqda.

O'rta Chirchiqda paxtaning elita urug‘lik maydonlarida yakka tanlov ishlari olib borilmoqda
Toshkent viloyati O’rta Chirchiq tumanidagi “O’rta Chirchiq” elita urug‘chilik xo‘jaligida paxta hosilini yig‘ib-terib olishga tayyorgarlik doirasida muhim urug‘chilik tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Navoiy viloyatida urug‘chilik ishlari davom etmoqda
Navoiy viloyati Karmana elita urug‘chilik xo‘jaligida paxta terimiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, paxta maydonlarida yo‘lakchalarni ochish hamda terim jarayonini sifatli tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

