ODDIY YECHIM, KATTA NATIJA: QIZIL HIMOYA TO‘RLARI
Qishloq xo‘jaligida innovatsiya har doim ham murakkab texnologiya degani emas. Ba’zan oddiy agrotexnik yechim ham zararkunandalarga qarshi kurash samaradorligini oshirib, kimyoviy vositalardan foydalanishni kamaytirishi mumkin.
Yaponiyada o‘tkazilgan dala tadqiqotlarida qizil rangli hasharot to‘rlari piyozsimon ekinlarni tripsdan himoya qilishda samarali bo‘lgan. Tajribalarda bunday to‘rlar qo‘llanganda insektitsid ishlatish soni odatiy usullarga nisbatan 25–50 foizgacha kamaygan. Qizil rang zararkunandalarning o‘simlikka yaqinlashishiga to‘sqinlik qiluvchi vizual omil sifatida ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Bu usulning yana bir afzalligi, nisbatan yirikroq teshikli to‘rlardan foydalanish imkoniyatidir. Natijada o‘simliklar orasida havo almashinuvi va yorug‘lik yaxshiroq saqlanadi, issiqlik va ortiqcha namlik to‘planishi xavfi kamayadi.
Bu tajriba biz uchun ham qiziq. Avvalo piyoz va boshqa sabzavot ekinlarida, keyinchalik esa tegishli ilmiy sinovlar asosida olma va boshqa meva bog‘larida qizil himoya to‘rlarining samaradorligini O‘zbekistonning turli tuproq-iqlim sharoitlarida o‘rganish mumkin.
Kamroq kimyoviy yuk, samaraliroq himoya va sog‘lomroq agroekotizim. Ilm-fan fermerga sodda va amaliy yechim berganda, innovatsiyaning haqiqiy qiymati namoyon bo‘ladi.
Новости

Piskentda “Sulton” navidan 60 sentner hosil kutilmoqda
Toshkent viloyati Piskent tumanidagi “Musayeva Zarifa” fermer xo‘jaligida g‘o‘zaning “Sulton” navi yuqori agrotexnik tadbirlar asosida parvarishlanmoqda. Fermer xo‘jaligining 32 gektar maydoniga g‘o‘za “Shinjon” texnologiyasi asosida, qo‘shqator …

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Agroklaster Oltinkoʻl” korxonasida paxta yetishtirish jarayonini koʻzdan kechirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Agroklaster Oltinkoʻl” korxonasida Shinjon usuli asosida paxta yetishtirish jarayonini koʻzdan kechirdi.
