Нет подключения к интернету.
Новости Центра

Paxta parvarishida agrotexnik tadbirlarga rioya qilinmoqda

Paxta parvarishida agrotexnik tadbirlarga rioya qilinmoqda

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Xonchorvoq hududidagi paxta dalalarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar bilan tanishdi.Qator dalalarda Etefon preparati bilan sifatli ishlov berilgani, g‘o‘zaning holati va pishish darajasiga qarab keyingi bosqichdagi tadbirlar ham amalga oshirilayotgani kuzatildi. Jumladan, ayrim maydonlarda Avguron bilan ishlov berish ishlari olib borilmoqda. Umuman, hududdagi fermerlar tomonidan paxta parvarishida belgilangan agrotexnik tadbirlarga rioya qilinayotgani, ishlov berish muddatlari va qo‘llanilayotgan preparatlar dala holatidan kelib chiqib tanlanayotgani qayd etildi.

Vazir fermerlar bilan muloqotda paxtachilikda yuqori natijaga erishish uchun har bir agrotexnik tadbirni o‘z vaqtida, sifatli va ilmiy asosda amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, qolgan maydonlarda ham mavjud holatdan kelib chiqib zarur ishlovlarni o‘z vaqtida yakunlash, hosilni sifatli va kam yo‘qotishlar bilan yig‘ib-terib olishga tayyorgarlikni kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi, fermer xo‘jaliklari va paxtachilik kengashi tomonidan ushbu jarayonni izchil tashkil etish hamda agrotexnik tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish vazifalari belgilandi.

Фотогалерея

Поделиться: Telegram Facebook X

Новости

Oqqo‘rg‘onda urug‘lik paxta hosili yig‘ib olinmoqda
Новости Центра

Oqqo‘rg‘onda urug‘lik paxta hosili yig‘ib olinmoqda

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi Oqqo‘rg‘on elita urug‘chilik xo‘jaligida 1-yillik urug‘lik ko‘chatzoridan oilaviy terim usulida paxta hosilini yig‘ib olish jarayonlari olib borilmoqda.

Navoiy viloyatida urug‘chilik ishlari davom etmoqda
Новости Центра

Navoiy viloyatida urug‘chilik ishlari davom etmoqda

Navoiy viloyati Karmana elita urug‘chilik xo‘jaligida paxta terimiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, paxta maydonlarida yo‘lakchalarni ochish hamda terim jarayonini sifatli tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.