Paxtachilikda muhim agrotexnik tadbirlar muhokama qilindi
Bugun qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan navbatdagi kengaytirilgan seminar tashkil etildi.
👥Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkazilgan seminarda vazir o‘rinbosarlari, departament va boshqarma rahbarlari, hokimlarning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va tumanlardagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
☁️ Yig‘ilishda, avvalo, paxtachilikda ayni kunlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan agrotexnik tadbirlar atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, 1-avgust kuni etefon sepilgan dalalarning bugungi holati tahlil qilinib, erishilgan natijalar va mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi. Mazkur dalalarda keyingi bosqichda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, etefon nisbatan kech muddatlarda qo‘llanilgan maydonlarning holatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Bunday dalalarda defoliatsiya va desikatsiya tadbirlarini o‘z vaqtida, agrotexnik talablar asosida tashkil etish, bunda ekinning holati va ob-havo sharoitini inobatga olish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Seminarda alohida ta’kidlanganidek, bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri — paxtachilikda qo‘llanilayotgan yangi va innovatsion yondashuvlarni har bir fermergacha yetkazish. Chunki daladagi yakuniy natija, avvalo, ilg‘or agrotexnologiyalarning joylarda to‘g‘ri va samarali qo‘llanilishiga bog‘liq.
Muhokamalar davomida kuzgi g‘alla ekish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, yer maydonlarini ekishga sifatli tayyorlash, shuningdek, takroriy ekinlarning ayni kundagi holati ham tahlil qilindi. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda bajarish va hosildorlikni oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Seminar yakunida hududlar va mas’ullar kesimida aniq topshiriqlar belgilab berilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur vazifalar yuklatildi.
Фотогалерея
Новости

Oqqo‘rg‘onda urug‘lik paxta hosili yig‘ib olinmoqda
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi Oqqo‘rg‘on elita urug‘chilik xo‘jaligida 1-yillik urug‘lik ko‘chatzoridan oilaviy terim usulida paxta hosilini yig‘ib olish jarayonlari olib borilmoqda.

O'rta Chirchiqda paxtaning elita urug‘lik maydonlarida yakka tanlov ishlari olib borilmoqda
Toshkent viloyati O’rta Chirchiq tumanidagi “O’rta Chirchiq” elita urug‘chilik xo‘jaligida paxta hosilini yig‘ib-terib olishga tayyorgarlik doirasida muhim urug‘chilik tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Navoiy viloyatida urug‘chilik ishlari davom etmoqda
Navoiy viloyati Karmana elita urug‘chilik xo‘jaligida paxta terimiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, paxta maydonlarida yo‘lakchalarni ochish hamda terim jarayonini sifatli tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

