Urug‘chilik sohasida amaliy seminar o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov ishtirokida Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi “Oltinko‘l elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJda urug‘chilik sohasiga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda urug‘chilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, fermer xo‘jaliklari vakillari hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori Tahirjon Sultanov boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
Seminar davomida urug‘lik yetishtirish va uning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga tatbiq qilish hamda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish hamkorligini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ishtirokchilar xo‘jalikdagi urug‘chilik jarayonlari bilan yaqindan tanishib, sohani rivojlantirishga qaratilgan fikr va takliflar almashdilar.
Фотогалерея
Новости


Paxta hosilini chamalash (aprobatsiya) jarayonidan fotolavhalar
Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, “Adolat momo” fermer xo‘jaligi

Sifatli urug‘ — yuqori hosil olishning ilk manbaidir
Paxta seleksiyasi urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Namangan ilmiy-tajriba stansiyasida g‘o‘za aprobatsiyasiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

