Afg‘onistonga beg‘araz qishloq xo‘jaligi ekinlari urug'liklari yetkazib berildi
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Urug’chilikni rivojlantirish markazi tomonidan Afg‘oniston fermerlari va agrar tuzilmalariga beg‘araz yordam tariqasida qishloq xo‘jaligi ekinlari urug’liklari yetkazib berildi. Jumladan, ob-havo sharoitlariga chidamli, sertifikatlangan 20 tonna chigit, 20 tonna sholi, 500 kilogramm sabzavot, poliz ekinlarining saralangan, yuqori sifatli urug‘lari topshirildi.
Mazkur amaliy yordam Afg‘onistonda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq aholisi bandligini oshirish hamda agrar sohada innovatsiyalarni joriy etishga xizmat qilishi kutilmoqda.
O‘zbekiston – Afg‘oniston o‘rtasidagi agrar hamkorlik bugungi kunda mintaqaviy barqarorlik va iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qilmoqda. Bu esa qo‘shnichilik tamoyillari va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan munosabatlarning amaliy ifodasidir.
Foto galereya
Yangiliklar

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida urug‘chilik sohasidagi hamkorlik kengaytiriladi
Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari Shermuhammad Aminov Turkiyaning Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti urug‘lar assotsiatsiyasi (ECOSA) Direktorlar kengashi raisi Yıldıray Gençer boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.




