Internet aloqasi mavjud emas.
Seminarlar

G‘alla ekish mavsumi: yuqori hosil uchun aniq yondashuv

G‘alla ekish mavsumi: yuqori hosil uchun aniq yondashuv

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi “Gulxumor” fermer xo‘jaligida 2027-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekishga yerlarni sifatli tayyorlash, ekish hamda ekilgan maydonlarda bir tekis unib chiqishni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali-amaliy seminar o‘tkazildi. Unda viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Nurshodbek Xudoyberdiyev, viloyat Urug‘chilik boshqarmasi boshlig‘i O. Haydarov, tuman hokimi boshchiligidagi ishchi guruh vakillari, soha mas’ullari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

Joriy mavsumda tumanda 6950 gektar maydonda 2027-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari yetishtirish rejalashtirilgan. Shundan 200 gektari ochiq maydonlarga, 6750 gektari g‘o‘za qator oralariga ekiladi. Ekish ishlarini qisqa muddatlarda va sifatli tashkil etish maqsadida 13 ta yer tayyorlash va ekish otryadi shakllantirilib, har bir otryadga rahbarlar, moddiy resurslarni yetkazib berish hamda sug‘orib, undirib olish ishlarini tashkil etish uchun mas’ullar biriktirildi.

Seminarda yerlarni agrotexnik talablar asosida sifatli tayyorlash, hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos, serhosil va sifatli urug‘lik navlarini tanlash, ekish muddatlariga qat’iy rioya qilish hamda ekilgan maydonlarni o‘z vaqtida sug‘orib, bir tekis undirib olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, 2027-yil hosili uchun belgilangan vazifalarni sifatli bajarish va har bir gektardan yuqori hosil olish yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Foto galereya

Ulashish: Telegram Facebook X

Yangiliklar

Urug‘chilik sohasida amaliy seminar o‘tkazildi
Seminarlar

Urug‘chilik sohasida amaliy seminar o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov ishtirokida Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi “Oltinko‘l elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJda urug‘chilik sohasiga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Sifatli urug‘ — yuqori hosil olishning ilk manbaidir
Seminarlar

Sifatli urug‘ — yuqori hosil olishning ilk manbaidir

Paxta seleksiyasi urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Namangan ilmiy-tajriba stansiyasida g‘o‘za aprobatsiyasiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.