G‘o‘za qator orasida zirasi yetishtirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlari davom etmoqda
Farg‘ona tumanida Shinjon usulida g‘o‘za qator oralig‘iga hamkor ekin sifatida ekilgan Hindistondan keltirilgan ziraning rivojlanish holati ijobiy natijalarni ko‘rsatmoqda. Joriy yilda 5 gektar maydonda tajriba-sinov tariqasida tashkil etilgan ushbu ekin maydonida 2026-yil 30-may holatiga ko‘ra o‘simliklar 70–80 foiz gullash fazasiga kirgan bo‘lib, ularning vegetativ rivojlanishi yaxshi holatda kuzatilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan maydonda agrotexnik tadbirlar belgilangan muddatlarda amalga oshirilmoqda. Xususan, zirani birinchi va ikkinchi oziqlantirish ishlari to‘liq bajarilgan bo‘lib, bu ekinning sog‘lom o‘sishi va yuqori hosildorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Tajriba-sinov natijalari kelgusida g‘o‘za maydonlaridan samarali foydalanish hamda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish bo‘yicha muhim amaliy ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.
Foto galereya
Yangiliklar

Oqqo‘rg‘onda urug‘lik paxta hosili yig‘ib olinmoqda
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi Oqqo‘rg‘on elita urug‘chilik xo‘jaligida 1-yillik urug‘lik ko‘chatzoridan oilaviy terim usulida paxta hosilini yig‘ib olish jarayonlari olib borilmoqda.

O'rta Chirchiqda paxtaning elita urug‘lik maydonlarida yakka tanlov ishlari olib borilmoqda
Toshkent viloyati O’rta Chirchiq tumanidagi “O’rta Chirchiq” elita urug‘chilik xo‘jaligida paxta hosilini yig‘ib-terib olishga tayyorgarlik doirasida muhim urug‘chilik tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Navoiy viloyatida urug‘chilik ishlari davom etmoqda
Navoiy viloyati Karmana elita urug‘chilik xo‘jaligida paxta terimiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, paxta maydonlarida yo‘lakchalarni ochish hamda terim jarayonini sifatli tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.


