Internet aloqasi mavjud emas.
Markaz yangiliklari

ISHCHI GURUHLARNING HUDUDLARDAGI O’RGANISHLARI YAKUNLANDI

ISHCHI GURUHLARNING HUDUDLARDAGI O’RGANISHLARI YAKUNLANDI

Xabar berganimizdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi topshirig‘iga asosan tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan hududlarda jamg‘arilgan urug‘lik chigit holati va uni tayyorlash jarayonlari o‘rganildi. Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari Bahodir Mo‘ydinov boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi Surxondaryo viloyatida bo‘lib, 2026-yil hosili uchun urug‘lik chigit tayyorlash ishlari hamda o‘tgan yillarda ekishdan ortib qolgan tindirilgan urug‘lik chigitlarning saqlanish holatini atroflicha o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida viloyatda 2026 yil hosili uchun jami 5159 tonna tukli chigitni tozalash, 914 tonna urug‘lik chigitni tuksizlantirish va 2948 tonna urug‘lik chigitni dorilash rejalashtirilgani aniqlandi. Tasdiqlangan grafik asosida joriy yilning 13 yanvar holatiga urug‘lik chigitni tozalash rejasi 2259 tonnani tashkil etib, amalda 3610 tonna yoki 70 foiz bajarilgan. Tuksizlantirish va dorilash ishlari bo‘yicha esa 2948 tonna reja belgilangan bo‘lib, amalda 674 tonna, ya’ni 23 foiz ijro etilgan. Shuningdek, “Bandixon tekstil” MChJda dorilash ishlari hali boshlanmagani, texnik paxtani qayta ishlash ustuvorligi sababli urug‘lik paxtani tozalash ishlari 16 yanvardan boshlanishi ma’lum qilindi. Termiz tumanidagi “Termiz Do‘stlik” MChJ va “Termiz elita” MChJ xo‘jaliklarida jamg‘arilgan urug‘lik paxta esa “Zamin Angor klaster” MChJda qayta ishlanishi belgilangan bo‘lib, korxonaning elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorligi tufayli jarayon vaqtincha to‘xtab turgani aniqlandi.

Bundan tashqari, viloyatda o‘tgan yillardan qolgan va kelgusi yil hosili uchun mo‘ljallangan 304 tonna tindirilgan urug‘lik chigitlarning saqlanish holati ham o‘rganilib, mas’ullarga aniq tavsiyalar berildi. Ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish, belgilangan muddatlarda urug‘lik chigit tayyorlash ishlariga jiddiy e’tibor qaratilmasa, 2026 yil hosili uchun paxta yetishtiruvchi subyektlarni urug‘lik bilan ta’minlashda muammolar yuzaga kelishi mumkinligi tushuntirildi. Shu bilan ishchi guruhlar o‘z o‘rganishlarini yakunladi, navbatda ular o‘rganishlar natijasini qiyosiy tahlil qilib, chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Foto galereya

Ulashish: Telegram Facebook X

Yangiliklar

Oqqo‘rg‘onda urug‘lik paxta hosili yig‘ib olinmoqda
Markaz yangiliklari

Oqqo‘rg‘onda urug‘lik paxta hosili yig‘ib olinmoqda

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi Oqqo‘rg‘on elita urug‘chilik xo‘jaligida 1-yillik urug‘lik ko‘chatzoridan oilaviy terim usulida paxta hosilini yig‘ib olish jarayonlari olib borilmoqda.

Navoiy viloyatida urug‘chilik ishlari davom etmoqda
Markaz yangiliklari

Navoiy viloyatida urug‘chilik ishlari davom etmoqda

Navoiy viloyati Karmana elita urug‘chilik xo‘jaligida paxta terimiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, paxta maydonlarida yo‘lakchalarni ochish hamda terim jarayonini sifatli tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.