Internet aloqasi mavjud emas.
Markaz yangiliklari

Kelgusi yil hosili bugungi urug‘ tayyorlash ishlariga chambarchas bog‘liq

Buxoro viloyatida bo‘lib turgan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov tashrif dasturi doirasida Vobkent tumanidagi Inom Naimov nomidagi urug‘lik don tayyorlash sexi faoliyati bilan tanishdi.

Kelgusi yil hosili bugungi urug‘ tayyorlash ishlariga chambarchas bog‘liq

Tanishuv jarayonida urug‘lik donni sifatli tayyorlash, uni to‘g‘ri saqlash hamda fiziologik tindiruv davrini to‘liq o‘tashi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, har bir navning navdorlik xususiyatlarini saqlab qolish maqsadida ularni alohida saqlash muhimligi ta’kidlandi.

Ibrohim Abdurahmonov qayd etganidek, kelgusi yilda yetishtiriladigan hosilning sifati va miqdori bugun amalga oshirilayotgan urug‘ tayyorlash ishlariga bevosita bog‘liq. Shu bois urug‘chilik tizimida har bir jarayonga ilmiy yondashuv asosida, yuqori mas’uliyat bilan yondashish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish chog‘ida soha mutaxassislari bilan urug‘chilik tizimini yanada takomillashtirish, yuqori reproduksiyali urug‘liklar tayyorlash va ularni samarali saqlash yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan birga, mutasaddilarga urug‘lik sifati ustidan doimiy nazoratni kuchaytirish, saralash va saqlash jarayonlarida amaldagi agrotexnik hamda ilmiy talablarga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ta’kidlanganidek, yuqori sifatli urug‘lik zaxirasini shakllantirish nafaqat hosildorlikni oshirish, balki mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Foto galereya

Ulashish: Telegram Facebook X

Yangiliklar

Oqqo‘rg‘onda urug‘lik paxta hosili yig‘ib olinmoqda
Markaz yangiliklari

Oqqo‘rg‘onda urug‘lik paxta hosili yig‘ib olinmoqda

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi Oqqo‘rg‘on elita urug‘chilik xo‘jaligida 1-yillik urug‘lik ko‘chatzoridan oilaviy terim usulida paxta hosilini yig‘ib olish jarayonlari olib borilmoqda.

Navoiy viloyatida urug‘chilik ishlari davom etmoqda
Markaz yangiliklari

Navoiy viloyatida urug‘chilik ishlari davom etmoqda

Navoiy viloyati Karmana elita urug‘chilik xo‘jaligida paxta terimiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, paxta maydonlarida yo‘lakchalarni ochish hamda terim jarayonini sifatli tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.