Mas’uliyat, hamjihatlik va aniq vazifalar
Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktori Shuhrat Otajonov boshchiligida hududiy boshqarmalar boshliqlari hamda “Best Seeds” MChJ rahbarlari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda urug‘chilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning bugungi holati, mavjud vazifalar hamda kelgusidagi ustuvor yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib kutib olish va bayram tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Kun tartibidan 2027-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari urug‘liklarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish maqsadida “E-urug‘” platformasi orqali ariza topshirish ishlarini o‘z vaqtida tashkil etish, shuningdek, 2027-yil hosili uchun urug‘lik paxta yetishtiriladigan maydonlarda dala aprobatsiyasi ko‘rigini sifatli yakunlash masalalari kiritildi. Bundan tashqari, kelgusi yil hosili uchun urug‘lik donni tayyorlash va sovitkichli omborxonalarga joylashtirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilinib, hududlarda bu jarayonlarni tizimli tashkil etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda belgilangan topshiriqlar ijrosini nazoratga olish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifa va ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida Markaz direktori Shuhrat Ibrayimjonovich Otajonov jamoa a’zolarini yurtimiz hayotidagi ulkan sana — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. U o‘z tabrigida mustaqillik yillarida mamlakatimizda barcha sohalar qatori qishloq xo‘jaligi va urug‘chilik tizimida ham keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilgani, bugungi yutuqlar zamirida fidokorona mehnat qilayotgan soha xodimlarining munosib hissasi borligini ta’kidladi. Shuningdek, barcha xodimlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, mas’uliyatli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida birgalikdagi sa’y-harakatlar yanada samarali bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Foto galereya
Yangiliklar

Oqqo‘rg‘onda urug‘lik paxta hosili yig‘ib olinmoqda
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi Oqqo‘rg‘on elita urug‘chilik xo‘jaligida 1-yillik urug‘lik ko‘chatzoridan oilaviy terim usulida paxta hosilini yig‘ib olish jarayonlari olib borilmoqda.

O'rta Chirchiqda paxtaning elita urug‘lik maydonlarida yakka tanlov ishlari olib borilmoqda
Toshkent viloyati O’rta Chirchiq tumanidagi “O’rta Chirchiq” elita urug‘chilik xo‘jaligida paxta hosilini yig‘ib-terib olishga tayyorgarlik doirasida muhim urug‘chilik tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Navoiy viloyatida urug‘chilik ishlari davom etmoqda
Navoiy viloyati Karmana elita urug‘chilik xo‘jaligida paxta terimiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, paxta maydonlarida yo‘lakchalarni ochish hamda terim jarayonini sifatli tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.


