XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI KENGAYMOQDA
Urug‘chilikni rivojlantirish markazida Xitoyning “Anhui SunGu Agritech” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida markaz direktori Shuhrat Otajonov mehmonlarni samimiy kutib olib, Urug‘chilikni rivojlantirish markazining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, urug‘ yetishtirish va navlarni sinovdan o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. Mehmonlar markaz infratuzilmasi bilan ham tanishdi.
Uchrashuv davomida “Anhui SunGu Agritech” vakillari o‘z kompaniyasining xalqaro tajribasi, ilmiy ishlanmalari hamda qishloq xo‘jaligi ekinlari bo‘yicha olib borayotgan ilg‘or uslublari haqida batafsil ma’lumot berdi. Xitoy tomonining bildirishicha, ular O‘zbekistonda paxta, g‘alla va sholi urug‘chiligi yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada kengaytirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor.
Uchrashuvning asosiy qismi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlandi. Tomonlar tajriba almashish, agrotexnologiyalarni qo‘llash, yuqori hosildor navlarni yaratish va sinovdan o‘tkazishda birgalikda ishlash bo‘yicha taklif va tashabbuslarni muhokama qildi. Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, kelajakdagi qo‘shma tashabbuslar uchun mustahkam zamin yaratdi.
Foto galereya
Yangiliklar

Piskentda “Sulton” navidan 60 sentner hosil kutilmoqda
Toshkent viloyati Piskent tumanidagi “Musayeva Zarifa” fermer xo‘jaligida g‘o‘zaning “Sulton” navi yuqori agrotexnik tadbirlar asosida parvarishlanmoqda. Fermer xo‘jaligining 32 gektar maydoniga g‘o‘za “Shinjon” texnologiyasi asosida, qo‘shqator …

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Agroklaster Oltinkoʻl” korxonasida paxta yetishtirish jarayonini koʻzdan kechirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Agroklaster Oltinkoʻl” korxonasida Shinjon usuli asosida paxta yetishtirish jarayonini koʻzdan kechirdi.

ODDIY YECHIM, KATTA NATIJA: QIZIL HIMOYA TO‘RLARI
Qishloq xo‘jaligida innovatsiya har doim ham murakkab texnologiya degani emas. Ba’zan oddiy agrotexnik yechim ham zararkunandalarga qarshi kurash samaradorligini oshirib, kimyoviy vositalardan foydalanishni kamaytirishi mumkin.
