Internet aloqasi mavjud emas.
Markaz yangiliklari

XITOY PAXTACHILIK ASSOTSIATSIYASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV

Urug’chilikni rivojlantirish markazi direktori Bunyod Mamarahimov Xitoy paxtachilik assotsiatsiyasi mas’ullaridan iborat delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi.

XITOY PAXTACHILIK ASSOTSIATSIYASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV

Dastlab, Bunyod Mamarahimov O’zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi qishloq xo’jaligi sohasida uzoq yillik hamkorlik aloqalarini e’tirof etib, ayni vaqtda ilmiy-amaliy hamkorliklar mamlakatlarimiz ilm-fan, ishlab chiqarish va iqtisodiyotiga naf keltirayotganini ta’kidlab o’tdi.

O’tgan yili Davlatimiz rahbari qarori bilan respublikada jami paxta ekiladigan maydonning 10% da xorijiy g’o’za navlari ekilib, Shinjon agrotexnologiyasi asosida yetishtirildi. Joriy yilda bu maydonlar 20 foizga kengaytirilib, endi mahalliy g’o’za navlariga ko’sak qurtiga chidamlilikni ta’minlovchi Bt geni va begona o’tlarga qarshi, gerbitsidga chidamlilikni oshiruvchi genini kiritish bo’yicha amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Muloqot davomida ayni sohada amalga oshirilayotgan hamkorlikning yangi bosqichi muhokama qilindi. Shuningdek, mavjud xorijiy g’o’za navlarining urug’chiligini tashkil etish bo’yicha Xitoy davlati bilan amaliy hamkorlikni yo’lga qo’yish istiqbollari bo’yicha muzokara o’tkazildi.

Ma’lumot uchun: *Bt–g‘o‘za navi – genetik jihatdan o‘zgartirilgan, o‘simlik genomiga ko’sak qurti zararkunandasi uchun zararli bo‘lgan oqsillarni sintezlovchi CRY1Ab, CRY1Ac va CRY2Ab kabi genlari kiritilgan g‘o‘za navidir. Ko‘sak qurtiga chidamlilik o‘simlikka Bacillus thuringiensis (Bt) tuproq bakteriyasining genetik materialini o‘tkazish orqali erishiladi. Genetik material o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan, ya’ni hasharot va zararkunandalariga toksik ta’sir ko‘rsatadigan, biroq sutemizuvchilar va maqsadli bo‘lmagan organizmlarga zararli ta’sir qilmaydigan oqsillarni kodlaydi.

Foto galereya

Ulashish: Telegram Facebook X

Yangiliklar

Oqqo‘rg‘onda urug‘lik paxta hosili yig‘ib olinmoqda
Markaz yangiliklari

Oqqo‘rg‘onda urug‘lik paxta hosili yig‘ib olinmoqda

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi Oqqo‘rg‘on elita urug‘chilik xo‘jaligida 1-yillik urug‘lik ko‘chatzoridan oilaviy terim usulida paxta hosilini yig‘ib olish jarayonlari olib borilmoqda.

Navoiy viloyatida urug‘chilik ishlari davom etmoqda
Markaz yangiliklari

Navoiy viloyatida urug‘chilik ishlari davom etmoqda

Navoiy viloyati Karmana elita urug‘chilik xo‘jaligida paxta terimiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, paxta maydonlarida yo‘lakchalarni ochish hamda terim jarayonini sifatli tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.