Internet aloqasi mavjud emas.
Foydali ma’lumot

Yonma-yon ekish mumkin bo‘lgan sabzavotlar ro‘yxati bilan tanishing!

Makkajo‘xori, no‘xat va qovoq. Makkajo‘xori tuproqni azot bilan to‘yintirib, no‘xat o‘sishiga yordam beradi. Qovoq esa o‘z navbatida, begona o‘tlarning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Yonma-yon ekish mumkin bo‘lgan sabzavotlar ro‘yxati bilan tanishing!

Piyoz va sabzi. Piyoz sabzini insektisid va fungisid ta’sirga ega bo‘lgan moddani (allisin) chiqarishi hisobiga zararkunandalardan qutqaradi.

Pomidor va rayhon nafaqat salat uchun yaxshi kombinatsiyadir. Bu o‘simliklar bir xil tuproqqa va bir xil sug‘orishga muhtoj. Bundan tashqari, rayhon hidi pomidorlarni zararlovchi shilliqurtlar uchun yoqimsiz sanaladi. Pomidor hosili rayhon butalari yonida pishgan bo‘lsa, juda mazali bo‘ladi.

Yashil loviya, bulg‘or qalampiri va baqlajon. Qalampir va baqlajonlar bir xil oilaga tegishli ekanligi ma’lum va bir xil o‘sish sharoitlarini talab qiladi. Yaqin atrofda o‘sadigan loviya baqlajonni kolorado qo‘ng‘izidan himoya qiladi.

Ulashish: Telegram Facebook X

Yangiliklar

Piskentda “Sulton” navidan 60 sentner hosil kutilmoqda
Foydali ma’lumot

Piskentda “Sulton” navidan 60 sentner hosil kutilmoqda

Toshkent viloyati Piskent tumanidagi “Musayeva Zarifa” fermer xo‘jaligida g‘o‘zaning “Sulton” navi yuqori agrotexnik tadbirlar asosida parvarishlanmoqda. Fermer xo‘jaligining 32 gektar maydoniga g‘o‘za “Shinjon” texnologiyasi asosida, qo‘shqator …

ODDIY YECHIM, KATTA NATIJA: QIZIL HIMOYA TO‘RLARI
Foydali ma’lumot

ODDIY YECHIM, KATTA NATIJA: QIZIL HIMOYA TO‘RLARI

Qishloq xo‘jaligida innovatsiya har doim ham murakkab texnologiya degani emas. Ba’zan oddiy agrotexnik yechim ham zararkunandalarga qarshi kurash samaradorligini oshirib, kimyoviy vositalardan foydalanishni kamaytirishi mumkin.