O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida urug‘chilik sohasidagi hamkorlik kengaytiriladi
Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari Shermuhammad Aminov Turkiyaning Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti urug‘lar assotsiatsiyasi (ECOSA) Direktorlar kengashi raisi Yıldıray Gençer boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda 2026-yil 27–28-oktabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan 9-ECOSA xalqaro urug‘chilik kongressiga tayyorgarlik ko‘rish, tadbirning tashkiliy masalalari hamda kongress doirasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Shuningdek, Turkiya bilan urug‘chilik sohasida, xususan, makkajo‘xori va sabzavot ekinlari urug‘chiligi yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar urug‘chilik sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha fikr almashdilar.
Photo gallery
News



Afg‘onistonda urug‘chilik sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilinmoqda
Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari Shermuhammad Aminov boshchiligidagi qishloq xo‘jaligi mutaxassislaridan iborat delegatsiya ayni kunlarda Afg‘onistonning Qunduz viloyatida amaliy safarda bo‘lib turibdi. Safar davomida hududda paxta …

