Нет подключения к интернету.
Сотрудничество

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida urug‘chilik sohasidagi hamkorlik kengaytiriladi

Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari Shermuhammad Aminov Turkiyaning Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti urug‘lar assotsiatsiyasi (ECOSA) Direktorlar kengashi raisi Yıldıray Gençer boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida urug‘chilik sohasidagi hamkorlik kengaytiriladi

Uchrashuvda 2026-yil 27–28-oktabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan 9-ECOSA xalqaro urug‘chilik kongressiga tayyorgarlik ko‘rish, tadbirning tashkiliy masalalari hamda kongress doirasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, Turkiya bilan urug‘chilik sohasida, xususan, makkajo‘xori va sabzavot ekinlari urug‘chiligi yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar urug‘chilik sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha fikr almashdilar.

Фотогалерея

Поделиться: Telegram Facebook X

Новости